Despotiya




Mustabid , despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. M. miloddan avvalgi 7—6-asrlarda Yunoniston shahardavlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. M. tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shimoliy va Oʻrta Italiya shahardavlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham M.ning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor — sinor qoʻlida jamlangan. M. rejimi insoniyattaraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hozirgi zamon davlatla-. rida ham uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz