Desmosoma




Desmosomalar (inglizcha: desmosomes) — oraliq filamentlarning tarmoqlarini bir-biriga bogʻlash orqali hujayra qatlamlarining strukturaviy yaxlitligini taʼminlaydigan hujayralararo kontaktlar hisoblanadi. Desmosomalarning protein tarkibi turli xil hujayralar va toʻqimalarda bir oz boʻlsa ham bir-biridan farq qiladi. Desmosomalar yopishtiruvchi tuzilmalar sifatida ishlaydi va signal uzatishda ham faol ishtirok etadi. Desmosomalar faoliyatining buzilishi tufayli epiteliyning kuchini pasaytiradi, natijada esa turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Tuzilishi




Desmosomalar epiteliy, miokard, jigar, taloq va asab tizimining baʼzi hujayralarini bir-biri bilan bogʻlaydi. Elektron mikroskopda desmosoma shunday koʻrinadi-ki ikkala qoʻshni hujayralarning har birini membranasining sitoplazmatik tomonida kontakt sohasida elektron zich yostiqchalar mavjud boʻlib, uning sitoplazmasidan oraliq filamentlar toʻplami tarqaladi. Ikki qoʻshni hujayralar orasidagi boʻshliqning kengligi taxminan 30 nm.

Elektron zich yostiqcha aslida ikkita: ichki sitozolga qaragan va ichki yostiqcha bilan bogʻlangan oraliq filamentli tashqi yostiqchadan iborat. Bitta desmosoma juda kichik (oʻrtacha diametri taxminan 0,2 mkm), shuning uchun odatda ikkita hujayra oʻrtasidagi aloqa joyida bir nechta desmosomalarni koʻrish mumkin.

Protein tarkibi




Oraliq filamentlarning fibrillalaridan tashqari, desmosomalar uchta oiladan kamida 7 ta oqsilni oʻz ichiga oladi. Desmoglein, desmokolin—1 va desmokolin—2 oqsillari kaderin retseptorlari kenja oilasiga tegishli. Ular desmosomalarning asosiy transmembranal oqsillari boʻlib, tashqi yostiqchalarning asosiy komponentlari boʻlib xizmat qiladi. Ular hujayralararo boʻshliqdan oʻtib, ikkita qoʻshni hujayrani bogʻlaydigan koʻpriklarni hosil qiladi va oqsillar plakoglobin, plakofillin (armadillo oilasi) va desmoplakin (plakin oilasi) sitoplazmatik bilan bogʻlanadi. Koʻprik bir membrananing desmoglein va desmokolinlarining bir xil membrana oqsillari bilan oʻzaro taʼsiridan hosil boʻladi va oʻzaro taʼsir „boshdan bosh“ turiga muvofiq davom etadi. Desmoplakin ichki plastinkadagi oraliq filamentlar bilan oʻzaro taʼsir qiladi.

Funksiyalari



Desmosomalar, ayniqsa teri va miokard hujayralari kabi stressli hujayralarda keng tarqalgan boʻlib, ular hujayralarni „nuqtali payvandlash“ ni taʼminlash orqali muhim tarkibiy rol oʻynaydi. Desmosomalar signal uzatishda ham ishtirok etadi. Masalan, desmosomalarning bir qismi boʻlgan plakoglobin va plakofilinlar hujayra yuzasidagi signalizatsiya retseptorlari faollashgan vaqtda, yadroga oʻtib ketadi. U erda ular koʻplab genlarning toʻplamini tartibga soladi va plakoglobin qoʻshimcha ravishda oʻsish omili retseptorlari bilan bevosita bogʻlanadi. Shunday qilib, desmosomalar koʻp genlarning ifodasini nazorat qila olish xususiyatiga ega hisoblanadi.

Klinik ahamiyati



Desmosomalarning ishlashini buzilishi turli kasalliklarga olib keladi. Shunday qilib, palmoplantar keratoderma desmosoma oqsillari mutatsiyalari bilan rivojlanadi. Autoimmun bullyoz dermatozlari, masalan, pemfigus vulgaris bemorlarda oʻzlarining desmosoma oqsillariga antitelalar paydo boʻlganda paydo boʻladi. Hujayralararo aloqalarning, xususan, desmosomalarning ishlashidagi buzilishlar oʻlimga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda asosan terini himoya qilish va pufakchalar paydo boʻlishini oldini olishga qaratilgan qoidalarga rioya qilish bilan cheklanadi, ammo, shikastlangan terini davolash maqsadida, sunʼiy teri koʻchirish ishlari faol ravishda oʻrganilmoqda.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz