Desikatsiya




Desikatsiya (de... va lot. siccum - quruq, quritish, suvini qochirish) — ekinlarni oʻsib turgan joyida dorilab quritish. D. hosil yetilishini tezlashtirib, yigʻim-terim ishlarini barvaqt tugallash maqsadida oʻtkaziladi. D. qilinganda oʻsimlikning hayoti butunlay toʻxtaydi, uning oʻsuv organlari, jumladan pishib yetilmagan me-valari ham tezda kurib qoladi. D. hosilni mashinalarda terishni osonlashtiradi. Qand lavlagi maydonlarida hosil terimidan 10, gʻoʻzada 15—20, tokzorlarda 20 kun ilgari oʻtkaziladi. Oʻzbekistan sharoitida, asosan, gʻoʻza, shuningdek, kartoshka, don-dukkakli va moyli ekinlar D. qilinadi. D. qilish muddatli ob-havoga, gʻoʻzada koʻsaklarning yetilishi hamda ochilish darajasiga qarab belgilanadi. Mas, respublikaning markaziy va shimoliy rayonlarida koʻsaklarning 60—65%, janubiy rayonlarida esa 70—75% ochilganda, dastlabki mashina terimidan keyin D. qilinadi. D.da kimyoviy preparatlar (desikantlar) eritmasi oʻsimlikka maxsus texnika (traktor va moslamalar) bilan purkaladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz