DESIKANTLAR (lotincha desicco — quritaman) — yetilishini tezlashtirish (5-7 sutka) va hosil yig’im-terimini osonlashtirish uchun o’simliklarni ildizi bilan quritishga, desikasiyaga mo’ljallangan kimyoviy moddalar. Pestisidlar guruhiga kiradi. Desikantlar o’simlik to’qimalarini suvsizlantiradi va hayot faoliyatini butunlay to’xtatadi. Desikantlar g’o’za, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi urug’ligi, soya, kanakunjut va boshqa ekinlar hosilini yig’ib-terib olishdan kamida 10 kun oldin o’simlikni quritishda qo’llaniladi. Masalan, Desikantlar ta’sirida g’o’zaning barcha vegetativ organlari quriydi, ko’saklarning etilishi va ochilishi tezlashadi, ammo yetilgan tola va chigitga zarar yetmaydi. Desikantlar sifatida asosan magniy xloratning 60% li suvda eriydigan kukuni (20— 25 kilogramm/gektar) va kaltsiy xlorat-xloridning (35-40 kilogramm/gektar) 42% suvli eritmasi, reglon ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish