Desiigner




Sidney Royel Selby III (1997-yil 3-mayda tugʻilgan), Desiigner nomi bilan mashhur, amerikalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. 2015-yil dekabr oyida uning debyut singli „Panda“ AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda u Def Jam-dan ajralib mustaqil ijodkor boʻldi.

Yoshlik



Desiigner 1997-yil 3-mayda Bruklinda, Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning kelib chiqishi afro-amerikalik va musiqachi Sidney Selbining nabirasi. U Bedford-Stuyvesant mahallasidagi oʻsgan. U maktabda vokal bilan shugʻullana boshladi. 14 yoshida u musiqiy karerasini boshladi.

Karyera



Desiigner oʻzining musiqiy karyerasini Dezolo taxallusi ostida boshlagan, u treklarda Designer Royel taxallusi ostida, ayniqsa Royel (uning otasining ismi) bilan ishlashni boshlagan. Uning singlisi uni „Royel“ qismini tashlab, keyin „Dizayner“ qismini oʻzining yangi nomi sifatida ishlatishni maslahat beradi. 2015-yil 3-dekabrda oʻzining yangi taxallusi ostida Desiigner „Zombie Walk“ debyut trekini chiqaradi. 2015-yil 15-dekabrda Desiigner SoundCloud-da oʻzining „Panda“ deb nomlangan debyut singlini chiqardi. 2016-yil 11-fevralda Desiigner Def Jam Recordings homiyligida Kanye West bilan shartnoma imzoladi. Keyin Desiigner 2016-yilgi South by Southwest (SXSW) musiqa festivalida chiqish qildi.

Musiqiy uslub



Desiignerning musiqiy uslubi janubiy hip-hop, yaʼni Atlanta, Jorjiya shahrida paydo boʻlgan trap musiqasidan shakllangan. Uning rep texnikasi va vokali Atlantada yashovchi reper Futurenikiga qiyoslangan. Mashxur reper bilan taqqoslashlar haqida soʻralganda, u shunday dedi: „Xudo unga neʼmat berdi, lekin u menga ham baraka berdi. Men uning musiqasiga shubha qilmayman. U ham chiroyli musiqa yaratadi. Musiqa har kuni yaratiladi. Unga katta yuksalishlar tilayman. Menga haqiqatdan ham uning musiqasi yoqadi. Men unga nafrat yoki tanqid bilan qaramayman. Xudo uni asrasin, Xudo meni asrasin.“

Mukofotlar va nominatsiyalar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz