Designs for the Pluriverse




Designs for the Pluriverse “ (tarjimasi „Plyuriverslar uchun dizaynlar“), toʻliq nomi „ Designs for the Pluriverse: Radical Interdependence, Autonomy, and the Making of Worlds “ (tarjimasi „Plyuriverslar uchun dizaynlar: radikal oʻzaro bogʻliqlik, avtonomiya va dunyolarni yaratish“) — kolumbiyalik-amerikalik antropolog Arturo Escobar qalamiga mansub dizayn nazariyasi boʻyicha kitob. Asar muallifning ilk bor 2017-yilda „Autonomía y diseño: La realización de lo comunal“ nomi bilan ispan tilida erkin litsenziya bilan eʼlon qilingan kitobining inglizcha tarjimasidir.

Inglizcha kitob nomidagi „plyurivers“ atamasi turli yashash va ilm olish uslublari mavjud boʻlgan „dunyolar koʻpligi“ maʼnosini anglatadi. Kitob chora koʻrish chaqirigʻi hamda qoʻllanma oʻlaroq tavsiflanadi. „Designs for the Pluriverse“ kitobi rivojlanish sotsiologiyasi boʻyicha ayrim oliy taʼlim dasturlarida oʻqilishi shart boʻlgan adabiyotlarga kiritilgan. Kitob 2018-yilda eʼlon qilinishidan oldin uning chop etilmagan qoʻlyozmasi olimlar orasida tarqagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz