Desensitizatsiya




Desensitizatsiya  atamasi psixologiyada takroriy taʼsir sababli yuzaga kelgan holatdan keyingi salbiylik hissini qoʻzgʻatuvchi yoki ijobiy turki orqali hissiy taʼsirchanlikni kamaytirish maqsadida oʻtkaziladigan davolash jarayoni hisoblanadi. Desensitizatsiya hissiyot bilan bogʻliq boʻlgan harakat tendentsiyasi keraksiz boʻlgan holatlarda, hissiy jonlanish tarzida, qayta qq’zgʻalgalganda ham sodir boʻladi. Ushbu jarayon psixolog Meri Kover Jons tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u asosan odamlarga fobiya va tashvishlarni yengishda yordam berish uchun ishlatilinishini taʼkidlab oʻtgan. Jozef Wolpe (1958) odamlarga biror narsaga moslashish uchun imkon yaratishda intensiv tartibda tashvishlantiruvchi stimullar holatlarning yuqori darajadagi roʻyxatini ishlab chiqadi. Tashvish, qoʻrquv yoki fobiya bilan ogʻrigan odamlar uchun dorilar mavjud. Biroq, empirik dalillar, ayniqsa depressiya yoki shizofreniya bilan ogʻrigan bemorlarda yuqori davolash tezligi sifatida desensitizatsiya usuli qoʻllab-quvvatlanadi.

Chora-tadbirlar



Yuqori taʼkidlab oʻtilgan ierarxik (yuqori darajadagi) roʻyxat mijoz va terapevt oʻrtasida eng kam bezovta qiluvchi oʻgriqdan boshlanib qoʻrquv yoki fobiyagacha boʻlgan tartibdagi ketma-ket ketma-ketlikda tuzilgan. Ushbu davolanish turida bemorga chuqur va yaxsho dam olish texnikalar oʻrgatiladi. Bir vaqtning oʻzida tashvish hissini yoʻq qilish va yengillik hissini uygʻotishning ilosi yoʻq. Shuning uchun bemorni chuqur boʻshashtirish har qanday tashvish hissini daf qilishga yordam beradi. Tizimli desensitizatsiyaga (qoʻrquv, tashvish yoki nafratlanishning bosqichma-bosqich qisqarishi)boʻshashishni saqlab turgan holda qoʻrqinch holatiga asta-sekin yaqinlashish orqali erishish mumkin.

Desensitizatsiya odamlar qoʻrquv qoʻzgʻatuvchi omillar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlganda va qoʻrquvlari yuzaga chiquvchi vaziyatlarda ijobiy samara beradi. Shuning uchun, tashvishlantiruvchi stimullar qarshilik koʻrsatish javoblari bilan birlashtiriladi. Ushbu davolash usuli asosan ikki turga boʻlinadi: real va hayotiy vaziyatlarda bemorlarga qoʻllanuvchi (jonli desensitizatsiya) hamda (ierarxik bosqichlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishning amaliy ravishda iloji boʻlmaganda) ularning qoʻrquvini uygʻotadigan shaxslar, narsalar va xatti-harakatlarni kuzatish (vitkar desensitizatsiya) orqali boshqaruvchi. Bemorlar sekinlik bilan, bosqichma bosqich yuqori darajalarga koʻtarila boshlashadi. Hattoki, kerak boʻlsa, roʻyxatdagi eng soʻnggi element qoʻrquv va xavotirsiz bajarilgunga qadar ssenariy takrorlanishi mumkin.

Tavsiya etilgan mexanizmlar



Ikki tomonlama cheklanish



"Bir vaqtning oʻzida ikkita qarama-qarshi holat yuzaga kelishi mumkin emas" degan nazariya. Yaʼni, gipotezaning maʼnosi shundaki, desensitizatsiya bilan bogʻliq hordiq chiqarish usullari fobik stimullarga sabab boʻlgan tashvish hissiga qarshilik qiladi. Mushaklarni chuqur boʻshashtirish usullari Wolpe tomonidan parasempatik asab tizimining faolligini oshirish uchun ishlatiladigan asosiy usul boʻlib, tana va asab tizimi bbirgalikda va bir paytda dam olishi uchun foydalanadigan.

Baʼzi bir tanqidiy fikrlarga koʻra, ikki taraflama cheklanganlik odamlarni desensizatsiya qilish jarayonining zaruriy qismi emas. Chunki shunga oʻxshash boshqa terapiyalar, masalan, suv toshqini, oldindan ogohlantiruvchi, tormozlovchi yengillik kabilar hech qanday maxsus usullarsiz ishlaydi. Bir qancha dalillarni koʻrib chiqadigan boʻlsak, hordiq chiqarish terapiyasi samarali ekanligi tasdiqlanadi va ushbu holat ekspozitsiya terapiyasini shakllantiradi. Teylorning (2002) soʻzlariga koʻra, ikki tomonlama cheklanganlik qisqa muddatli terapiya, ammo-lekin, uzoq muddat taʼsir etadigan desensitizatsiyaning bir qismi ekanligini bildiradi. Chunki u nazariy jihatdan reaktiv cheklanishga oʻxshaydi va shartli cheklanishni rivojlantiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz