DESEBAL
DESEBAL (Decebalus) (?-106) daklar yo’lboshchisi (87 yildan). Rimliklar bilan 89 yilda bo’lgan muvaffaqiyatli urushda sulhga erishgan. Unga ko’ra, Rim har yili daklarga subsidiya (yordam puli) to’lashi lozim bo’lgan. Daklarning 101 — 102 va 105 — 106 yillardagi Rim bilan urushlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan, natijada daklar Rimga tobe bo’lib, Desebal o’zini-o’zi o’ldirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz