Desant




Desant (frans. descente — tushirish) — dushman egallagan hududda jangovar harakat qilishga moʻljallab samolyot, vertolyot va dengiz, daryo orqali tushirilgan yoki shu maqsadda tuzilgan qoʻshin. Bajaradigan vazifalari va maqsadi boʻyicha: strategik D., operativ (tezkor) D., taktik D., maxsus vazifalarni bajaradigan D., D. tushirish boʻyicha dengiz D.i, havo D.i, tank D.i va b. Desant bir vaqtning oʻzida ham havodan, ham dengizdan tushirilishi mum-kin. Oʻzbekistan hududidagi sobiq Ittifoq xavo D.i qoʻshinlari 1992-yil 18-mayda OʻzR Prezidenti farmoniga muvofiq respublika tasarrufiga oʻtkazilgan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz