DESANT



DESANT (Fransuzcha descente — tushirish) — dushman egallagan hududda jangovar harakat qilishga mo’ljallab samolyot, vertolyot va dengiz, Daryo orqali tushirilgan yoki shu maqsadda tuzilgan qo’shin. Bajaradigan vazifalari va maqsadi bo’yicha: strategik Desant, operativ (tezkor) Desant, taktik Desant, maxsus vazifalarni bajaradigan Desant, Desant tushirish bo’yicha dengiz Desanti, havo Desanti, tank Desanti va boshqalar. Desant bir vaqtning o’zida ham havodan, ham dengizdan tushirilishi mumkin. O’zbekistan hududidagi sobiq Ittifoq havo Desanti qo’shinlari 1992 yil 18 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq respublika tasarrufiga o’tkazilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz