DEPUTAT SO’ROVI (interpellyatsiya) — parlament deputatining hukumatdan yoki ayrim vazirdan hukumatning umumiy siyosati masalalari bo’yicha yoki muayyan tadbirlar bo’yicha rasmiy tushuntirishni talab qilish huquqi. O’zbekistan Respublikasida barcha tizimdagi deputatlar tegishli organlarga va mansabdor shaxslarga so’rov bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Bu huquq O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida”gi qonuni (1995 yil 6 may) da belgilab qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish