DEPUTAT (lotincha deputatus — vakil etilgan) — 1) davlat vakillik organining saylab qo’yilgan a’zosi; O’zbekiston Respublikasida — xalqning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq Deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, Deputatlik faoliyatining kafolatlari “O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida” O’zbekistan Respublikasining qonunida (1995 yil 6 may) belgilab berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan shaxs.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish