DEPOZIT
DEPOZIT (lotincha depositum — omonat, asrab qo’yilgan) — 1) bankka qo’yilgan omonatlar. Bunday Depozitlarning muddatli (muayyan muddatdan so’ng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga Depozitni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablag’ining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — Depozit sertifikati beradi; 2) bank daftaridagi mijozlarning bankka bo’lgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiklovchi yozuvlar; 3) kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli kog’ozlar (aktsiya va obligasiyalar) va pul vositalari; 4) turli muassasalarga talab qilinadigan to’lovlarni ta’minlash uchun oldindan o’tkaziladigan badallar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz