DENUDATSIYA



DENUDATSIYA (lotincha denudatio — ochilib qolish, ochilma) — yemirilgan tog’ jins, bo’laklarining yer yuzasi pastqam joylariga suv, shamol, muzlik va bevosita o’z og’irlik kuchi ta’sirida siljib borib to’planishi jarayonlarining majmui. Denudatsiya jadalligiga va harakteriga tektonik harakatlar, joyining iqlimi, tog’ jinslarining mineral tarkibi, tuproqo’simlik qoplamining tuzilishi va inson faoliyati kuchli ta’sir qiladi. Denudatsiya uzoq davom etganda yer yuzasining relefi tekislanadi, ayrim joylari pasayadi, pasttekislik va peneplenlar tarkib topadi. Bular keyinchalik bo’ladigan tektonik xarakatlardan ko’tarilib tog’larning suvayirg’ich qismida va yon bag’irlarida baland denudatsion tekisliklar hosil qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz