DENTIN



DENTIN (lotincha dens — tish) — suyaksimon pishiq to’qima, tishning asosiy qismini tashkil etadi. Tish koronkasida Dentin emal bilan, bo’yni va ildizida esa tsement bilan qoplangan. Dentin 70-72% mineral tuzlar va taxminan 28% organik moddalardan tarkib topgan. Dentin asosan kollagen tolalar va ular orasidagi amorf moddalardan iborat; moddalar orasida Tome tolalari deb ataluvchi hujayra o’siqchalari joylashgan kanalchalar tarmoklanib ketgan. Dentinda qon tomirlar bo’lmaydi, u kanalchalar va Tome tolalari orqali diffuziya yo’li bilan oziklanadi. Tog’ayli baliqlar tangachasida ham Dentin bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz