DENSITOMETRIYA
DENSITOMETRIYA (lotincha densitas -zichlik va … metriya) — ilmiy fotografiya bo’limi; ochiltirilgan yoki kimyoviy-fotografik yo’l bilan boshqa usulda ishlangan fotografik katlamning yorug’lik nurini yutishi va qaytarishini o’lchash bilan shug’ullanadi. Yorug’lik ta’sirida fotografik qatlamning qanchalik qorayishi uning optik zichligiga bog’liq. Fotografik qatlam sirtining zichlikka nisbati qorayish ekvivalenti deb ataladi. Optik zichlikni o’lchaydigan asbob densitometr yoki mikrofotometr deyiladi. Rangli fotografik materiallarning optik zichligi maxsus usullar bilan aniqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz