DENONSATSIYA



DENONSATSIYA (Fransuzcha denouncer — e’lon qilish, uzish), denonsatsiya qilish — xalqaro huquqda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini to’xtatishning yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnomadan chiqishning eng keng tarqalgan usuli. Odatda, shartnomaning o’zida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. Denonsatsiyaga oid umumiy qoidalar xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi 1969 yil Vena konventsiyasida bayon qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz