Denílson




Denílson Pereira Neves (talaffuzi: Denilson Pereira Neves) 1988-yil 16-fevralda San-Pauluda tavallud topgan.Braziliyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasini bajargan. Braziliyaning „Gremio“ klubida faoliyat yuritgan.

Biografiyasi



Denílson Pereira Neves oʻz faoliyatini „San-Paulu“da boshlagan, u yerda „kanonirlar“ bosh murabbiyi Arsen Venger unga eʼtibor qaratgunga qadar 12 oʻyin oʻtkazgan.

„Arsenal“ Denílson Pereira Nevesni 2006-yilning 31-avgustida transfer oynasining soʻnggi kunida 3,4 million funt sterlingga sotib oldi. U Gilberto Silvaning oʻrinbosarlari boʻlishi taxmin qilingandi, ammo tez orada Denílson Pereira Nevesning oʻyin uslubi Sesk Fabregasga oʻxshashligi maʼlum boʻldi.

2006-yilning noyabrida Braziliya U-19 yoshlar terma jamoasi sardori Denílson Pereira Neves Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga terma jamoaga chaqirilgan, biroq oʻyinda qatnasha olmagan. Denílson Pereira Neves 2006-yilning 30-dekabrida „Arsenal“ safida „Sheffield United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Yarim himoyachi klubdagi ilk golini 2007/08-yilgi mavsum boshida Liga kubogi bahsida „Newcastle“ga qarshi oʻyinda kiritgan.

2011-yil 18-iyulda futbolchi bir yillik ijara asosida „San-Paulu“ga koʻchib oʻtdi. 2012-yilning 5-iyulida „San-Paulu“ Denílson Pereira Nevesning ijara muddatini 2013-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.

2013-yilning 3-iyunda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, „Arsenal“ 2011-yilda vataniga ijaraga joʻnab ketgan va oʻshandan beri qaytib kelmagan 25 yoshli Denílson Pereira Neves bilan shartnomani bekor qilgani maʼlum boʻldi. Erkin agent maqomidagi braziliyalik „San-Paulu“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq Moskvaning „CSKA“ klubi futbolchiga yaqindan qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz