DENI (DENIS) MORIS



DENI (DENIS) MORIS (1870.25.11, Granvil, Normandiya — 1943.3.11, Senjermen-an-Le, Parij yaqinida) — frantsuz rassomi. “Nabi” guruhi (1890) va “Diniy san’at ustaxonasi” (1919) ning asoschisi va nazariyotchilaridan. Parijdagi Jyulian akademiyasi (1887 yildan) va Nafis san’at maktabida tahsil ko’rgan. Deni ijodi simvolizm va “modern” uslubi bilan uzviy bog’liq, unda mahobatli shakl va bezak mutanosibligiga moyilligi seziladigan diniy mistik kayfiyat mavjud: “Psixeya tarixi” (11 ta namoyon, 1908— 09), Vezinedagi cherkov (1901-03) hamda Elisey maydoni teatri (1912-13) devoriy rasmlari va boshqalar, vitraj, gobelen, teatr spektakllari bezagi uchun chizgilar, kitob illyustrasiyalari yaratgan. San’at nazariyotchisi sifatida rangtasvirda bezakdorlik, rangdorlikni e’tirof etgan (“nazariya”, 1912 va boshqalar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz