DENGIZKO’L PLATOSI



DENGIZKO’L PLATOSI – Qashqadaryo viloyatining g’arbiy qismidagi plato. Qarshi cho’lining Janubi-g’arbida joylashgan. Platoning relef tuzilishi murakkab. Uning Janubiy va g’arbiy chekkalari atrofdagi tekislikdan keskin ko’tarilgan. Shimol va Sharqiy chekkalari Qashqadaryo deltasi tekisligiga asta-sekin qo’shilib ketadi. Eng baland qismi (340-354 metr) Janubda. Dengilko’l platosida qum relef shakllari rivojlangan bo’lib, asosan do’ng, marzali va barxan shakllaridagi qumliklar mavjud. Ushbu qumliklarni ko’pincha Devxona cho’li deb ham ataydilar. Dengilko’l platosida botiqlar ham bor, ularning tubi ku-pincha taqirli tuproklar yoki sho’rxoklar bilan band. Dengilko’l platosining Janubiy yon bag’ri Dengizko’l botig’iga tik tushgan. Yon bag’irda neogen (oqchag’il yarusi) jinslari — qumtosh, qum, gil, ba’zan konglomerat qatlamlari ko’rinib turadi. Platoda asosan cho’l qum tuproqlar, ba’zan pastqamliklarda sho’rxoklar mavjud. Qumliklarda ko’proq singren, oq saksovul, cherkez, shuvoq, juzg’un, Iloq, rang keng tarqalgan. Sho’rxoklarda bir yillik sho’ralar o’sadi. Dengilko’l platosida Qorako’l qo’ylari boqiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz