DENGIZKO’L KOLLEKTORI



DENGIZKO’L KOLLEKTORI – Buxoro viloyatidagi yirik kollektor. 1966 yilda qurilgan. Suv sarfi 33,1 metr kub/sekund. Parallel kollektori bilan Dengizko’l ko’lini tutashtiradi. Kollektor boshi va quyilish joyining nishablik farqi 25,3 metr. Dengizko’l kollektori Buxoro viloyati Qorako’l tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shur va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Dengizko’l kollektori suvlari Dengizko’l pastligiga qo’yiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz