DENGIZKO’L GAZ KONDENSATI KONI



DENGIZKO’L GAZ KONDENSATI KONI — Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida. Qorovulbozor shahridan 55 kilometr Janubi. g’arbda joylashgan. Dengizko’l strukturasi 1972 yilda seysmik razvedka yo’li bilan aniqlangan va 1973 yilda birinchi parametrik burg’i qudug’i qazilgan. 1974 yilda yuqori yura karbonatli yotqiziqlaridan gaz olingan. Kon 1981 yilda ishga tushirilgan. 1981 yilgacha 14 ta Burgi qudug’i kavlangan. Quduqlarning chuqurligi o’rtacha 2800— 3000 metr. Konning geologik tuzilishida yura, bur, paleogen, neogen va antropogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Dengizko’l strukturasi Dengizkul tepaligining o’rtasida joylashgan. Kon Dengizkulhovuzak-Shodi Shimoliy Dengizko’l strukturalarining bir qismini tashkil etgan. Dengizko’l gaz kondensati konida yuqori yura karbonatli yotqiziqlari gorizontlarida gaz kondensati uyumlari mavjud. Gazning debiti sutkasiga 100,8 ming metr kubdan 2833,5 ming metr kubgacha. Konda 30 ta burg’i qudug’i qazilgan, shulardan 17 tasidan gaz olinmoqda, 1 ta quduq nazoratchi, 12 ta quduq tugatilgan. Kondagi gaz uyumi gumbazli, yaxlit. Gazning havoga nisbatan sof og’irligi 0,620. Oltingugurt vodorodining miqdori 2,16%, karbonat angidridi 0,78%. Metan 87,55—94,1%, azot va Nodir gazlar 0,58%.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz