DENGIZ YULDUZLARI



DENGIZ YULDUZLARI (Asteroidea) -dengizda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar, hozirgi ninaterililar tipining sinfi. Tanasining o’rtasidan chiqqan “qo’llar”, ya’ni nurlar yulduzni eslatadi (nomi ham shundan). Dengiz yulduzlarida 5, ba’zan 8, 10, 13, 25, 40 ta nur bo’ladi. Dengiz yulduzlarining diametri 5-50 santimetr. Ular suv tubida ambulakral oyoklari yordamida harakatlanadi. Og’iz va anal teshigi deyarli tananing turli qismida joylashadi. Tuxumidan erkin suzib yuruvchi lichinka chiqadi. Tirik tug’adigan turlari ham bor. Suv osti umurtqasiz hayvonlari va organik moddalar bilan oziqlanadi. 1500 turi ma’lum. Shimol va uzoq Sharq dengizlarida keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz