Dengiz yulduzining ko’zi bormi?



Dengiz yulduzi ajoyib dengiz jonivorlarining biridir. Dengiz tipratikanlari, dengiz bodringlari va goloturiyalar uning g’ayritabiiy qarindoshlaridir. Bu jonivorning 6000 ming atrofida qarindoshi bo’lib, ularni “ignatanlilar” deyishadi. Dengiz yulduzi va uning qarindoshlarining yaxshi rivojlangan asab va ovqat hazm qiladigan sistemasi bor. Bu sistemalar barcha ignatanlilarga xos besh bo’g’inli moslamaga ega. Dengiz yulduzlari ayrim hollarda uch guruhga bo’linadi. Nimjon yulduzlar ham mavjud, ularni tutsangiz, o’zlarining 20 — 25 santimetrga yetadigan uzun qayishqoq o’simtalarini tashlab yuboradi. Egiluvchan nuri pat tutamlariga o’xshab ketadigan patli yulduzlar ham uchraydi. O’lchami 13 santimetrdan oshmaydigan oddiy dengiz yulduzlari ham mavjud. Dengiz yulduzlarining dag’al, qattiq terisi kalta tikanaklar bilan qoplangan. Tanasi markazida, ustida va pastida tugmacha shaklidagi lappaklari bor. Mana shu lappaklar orqali yulduzlar dengiz suvlarini yutadi va chiqaradi. Pastki lappaklar og’iz vazifasini o’taydi. Ko’zi esa nur uchida joylashgan bo’lib, tikan doira bilan himoya qilingan. Qorin tomonida nurlari bo’ylab burushiq naysimon so’rg’ich oyoqchalari tarqalgan. Ular harakatlanishi va a’zolarining hidni bilishi uchun xizmat qiladi. Dengiz yulduzi o’zining kichik naysimon oyoqchalari bilan tez harakatlana olmaydi, biroq boshqa narsalarni bajarishga juda usta. U ustrisa (dengiz mollyuska) larini paqqos tushirishi ham mumkin! U og’zi bilan ustritsa chig’anog’iga yopishib oladi va u ochilguniga qadar tortaveradi. So’ng dengiz yulduzi o’z qornini tozalab, uni og’zidan chiqarib tashlaydi va ustritsani o’rab oladi. Dengiz yulduzi ovqatni og’ziga odatdagi usul bilan ham olishi mumkin. U uzilib tushgan nurlarini tiklay oladi. U hatto bitta nuridan butunlay yangi bir organizm yaratishi mumkin!


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz