Dengiz toychasi o’zida nimani ifoda etadi?



Boshi otga o’xshash bu “hayvon” ko’proq o’yinchoqni eslatadi. Aslida, toycha — dengiz balig’i, mayda ajdarho. Toycha suv o’simliklari chakalakzorida yashashni xush ko’radi. Bu yerda u o’zining yolg’iz yelka suzgich-eshkagi bilan harakat qiladi. Uning bundan boshqa suzgich moslamalari yo’q. Dengiz toychasi dam olayotganida, o’zining burama ko’rinishdagi dumidan foydalanib, suv o’simliklaridan ushlab turadi. Dengiz toychasining tropik va issiq dengizlarda yashaydigan 50 xili mavjud. Ular chuqurlikni yomon ko’radi. Toychalar O’rta yer dengizi va Atlantika okeanining issiq qismida yashaydi. Dengiz toychasining modasi urug’ qo’yganida, nari ularni terib oladi va bola paydo bo’lgunga qadar bosib o’tiradi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz