DENGIZ RAKETA QUROLLARI
DENGIZ RAKETA QUROLLARI – dengiz jangida qo’llaniladigan raketa qurollari. Ular uzoq masofaga uchib borish xususiyatiga va kuchli portlash quvvatiga ega bo’ladi. Taktika-texnika jihatidan reaktiv snaryadlar, boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar, ballistik raketalarta bo’linadi. Bu qurollar dengiz, havo va dengiz qirg’oqlaridagi hamda olisdagi nishonlarga otish uchun ishlatiladi. To’rt sinfga bo’linadi: “yer — yer”, “Yer — havo”, “havo — havo” va “havo — yer”. “Yer — yer” sinfidagi snaryadlar yer yoki dengizdagi nishonlarga yerdan yoki kemalardan uchiriladi. “Yer — havo” snaryadlari qavodagi nishonlarga yerdan yoki kemadan uchiriladi. “Havo — havo” sinfidagi snaryadlar samolyotlardan qavo nishonlariga otiladi. “Havo — yer” sinfidagi snaryadlar samolyotdan dengizdagi yoki yerdagi nishonlarga uchiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz