DENGIZ QAMALI



DENGIZ QAMALI — raqib mamlakatni yoki dushmanni dengiz tomondan o’rab olish; savdo kemalarining qonunsiz ravishda yurishlariga zarba berish uchun qo’llaniladigan harbiy jang usuli. Dushman dengiz kuchlarining qamalni yorib o’tishga urinishiga zarba berish ham Dengiz qamaliga kiradi. Dengiz qamali tarixi 16-asrdan boshlanadi. 18-19-asrlarda Frantsiya-Angliya urushlarida keng qo’llanildi. 2-jahon urushida jang qilgan mamlakatlarning flotlari yirik aviatsiya kuchlarining yordami bilan dengiz bo’g’ozlarini o’rab olishga intildilar. Shu usul bilan Angliya La-Mansh bo’g’ozini, AQSh ning dengiz floti Yaponiya sohilini (Simonoseki bo’g’ozi) dengizdan qamal qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz