DENGIZ PIYOZI (Urginea maritima) -loladoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Piyozboshi yirik (2,5 kilogrammgacha). Gullari oq-yashil, panjali, poya uchida g’uj bo’lib joylashgan. Barglari nashtarsimon. Mevasi yumaloq ko’sakcha. Oq piyozli xili tarkibida stsillaren glikozidi (yurak kasalliklarini davolash, siydik haydash uchun dori tayyorlashda ishlatiladigan modda) bor. Qizil piyozli xilidan tayyorlangan preparatlardan kemiruvchilarga qarshi kurashda zaharli modda sifatida foydalaniladi. Janubiy Yevropa, G’arbiy Osiyo va shimoliy Afrikada tabiiy holda o’sadi. Italiya, Janubiy Frantsiya va Gruziyada o’stiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish