DENGIZ OQIMLARI



DENGIZ OQIMLARI (okean oqimlari) — dengiz va okeanlarda turli kuchlar (suv va havo orasida ishqalanish kuchlari ta’siri, suvda vujudga keladigan bosim gradientlari, dengiz Suvining kutarilishida oy va Quyoshning tortish kuchlari) ga bog’liq ravishda suv massasining harakatlari. Dengiz oqimlari yo’nalishiga erning aylanish kuchi katta ta’sir ko’rsatadi: oqimlar shimoliy yarim sharda o’ngga, Janubiy yarim sharda chapga buriladi. Dengiz oqimlari kelib chiqishiga ko’ra: shamolning dengiz yuzasiga ishqalanishi (shamol oqimlari), suv temperaturasi va sho’rligining notekis taqsimlanishi (zichlik oqimlari), suv sathining qiyalanishi natijasida (o’zgaruvchan oqimlar) va hokazolar; o’zgaruvchanligiga ko’ra — doimiy, mavsumiy va davriy (dengiz suvining ko’tarilishi bilan bog’liq) Dengiz oqimlari; joylashishiga qarab — yuza, yuza osti, oraliq, chuqur, dengiz tubi Dengiz oqimlari; tabiiy-kimyoviy xossalariga ko’ra —iliq, sovuq, chuchuk va sho’r Dengiz oqimlari bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz