Dengiz astronomiyasi
Dengiz astronomiyasi - amaliy astronomiya boʻlimi. Dengizda kemaning turgan joyini aniqlash va kompas tuzatmasini topish bilan shugʻullanadi. Kema turgan joyning geografik koordinatalari — kenglik X va uzunlik f — osmon yoritqichlarining dengiz ufqidan koʻrinma balandligi h ni oʻlchab topiladi. Kompas tuzatmasini topish uchun yorit-qichlarning azimut jadvallari tuzilgan. D. a.da har xil astronomik asboblar va yordamchi jadvallardan foydalaniladi. Yoritqichning balandligi I dengiz sekstanti yordamida oʻlchanadi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org