Denge bezgagi
Denge bezgagi (inglizcha: dandy soʻzining oʻzgargan varianti) — oʻtkir transmissiv virusli kasallik. Denge bezgagini keltirib chiqaruvchi viruslar arboviruslarga mansub boʻlib, Flavivirus urugʻining (B antigen guruhining arboviruslari) Flaviviridae oilasiga mansub.
Bezgak, intoksikatsiya, mialgiya, artralgiya, toshma toshishi va limfa tugunlarining kattalashishi bilan kechadi. Denge bezgagining ayrim variantlarida gemorragik sindrom rivojlanadi. Odatda kasallikdan tiklanish ikki kundan yetti kungacha davom etadi. Kam uchraydigan hollarda kasallik qon ketishi, trombotsitlar bosimininf pasayishi, qon plazmasi oqishi yoki denge shokini keltirib chiqaruvchi
katta denge bezgagi yoki
gemorragik denge bezgagi ga aylanib ketishi mumkin. Bunda qon bosimi xavfli darajada pasayib ketadi.
Tarqalishi
2021-yil mart oyida Peruda denge bezgagi tarqaldi, hukumat aholini kasallik yuqishining eng yuqori xavf darajasidan ogohlantirdi. 2021-yil boshidan buyon mamlakatda 12 000 kishi denge bezgagini yuqtirib olgani, ulardan 7 nafari kasallik oqibatida vafot etgani xabar qilindi.
Manbalar
uz.wikipedia.org