Dendrobates




Daraxt baqalar (Dendrobates) — dumsiz amfibiyalar turkumining urugʻi. Toʻmtoqbosh baqalar oilasiga mansub. Boʻyi 3—3,5 sm. Terisi rangbarang , chiroyli. Teri bezlari suyuq zahar chiqaradi. Asosan oʻrmonlar va suv boʻylarida yashaydi. Umrining koʻp qismi quruqlikda oʻtadi, suvga kam tushadi. D. b.ning Markaziy va Jan. Amerikada tarqalgan 10 ta turi bor. Boʻyoqchi, yaʼni ola bak,a (D. tinctorius)ning zahari juda oʻtkir boʻlib, katta yirtqich hayvonlarni ham bir necha minutda oʻldiradi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz