DENDROBASILLIN



DENDROBASILLIN – bakterial preparat; spora-kristall hosil qiluvchi bakteriya — Bacillus thuringiensis var. Dendrolimus asosida olinadi. Asosan sporalar va inert to’ldirgich (makkajo’xori ekstrakti, oqsil achitqi va boshqalar) dan tashkil topgan kulrang kukun. Quruq va ho’llanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. 1 gramm kukunida 60 (100) milliard yashovchan spora hamda shuncha zaharli oqsil kristallari (parasporal tanalar) mavjud. Dendrobasillin ko’sak qurtining turli, ayniqsa 1-2 yoshdagi kurtlariga yaxshi ta’sir etadi. Qurt tanasiga Dendrobasillin ozuqa bilan birga kiradi, shuning uchun preparat purkashni zararkunandaning eng faol oziqlanish davrida o’tkazish kerak. Havo haroratining yuqori bo’lishi Dendrobasillin samaradorligini yana ham orttiradi. Traktor purkagichlari yordamida purkaladi. Suspenziya tayyorlash vaqtida Dendrobasillinga insektisid ham qo’shiladi. 85% li ho’llanuvchan kukuni sarf normasi sevin bilan aralashtirilganda 0,7— 1,0+0,3 kg/ ga, ish suyuqligi 200-400 l/ga.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz