DENDRIT



DENDRIT (Yunoncha dendron — daraxt) — daraxtsimon shaklli mineral agregatlar (ba’zan kristallar). Dendrit moddaning tor muhitda tez kristallanishidan, shuningdek, minerallarning ayrim qismlarini eritma bilan bir xil ta’minlanmay o’sishidan hosil bo’ladi. Shakli daraxt shoxchasi, qirqquloq bargi va yulduzchaga o’xshash bo’ladi. Bir-biriga parallel yoki qo’shaloq o’sgan mineral individlaridan tashkil topadi. Dendrit tug’ma elementlar, marganes oksidlari, uraninit va boshqa ko’pchilik minerallar va muzda kuzatiladi. O’zbekistonda gil, karbonat, qumtoshlarda psilomelan Dendrit keng tarqalgan. Ba’zan psilomelan Dendritni o’simlik qoldirgan iz deb noto’g’ri ta’riflaydilar. Dendrit kon qidirishda Darakchi rolini bajaradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz