DEMULTIPLIKATOR



DEMULTIPLIKATOR (de… va lotincha multiplicator — ko’paytiruvchi, kattalashtiruvchi) — avtomobilning tortish kuchini oshirishga imkon beruvchi mexanizm. Demultiplikator yuk avtomobillarida uzatmalar qutisi ikkilamchi valining aylanish tezligini kamaytirish, engil avtomobillarda esa uni oshirish uchun o’rnatiladi. Demultiplikator asosiy uzatmalar qutisiga qo’shimcha uzatma sifatida kiritiladi. Traktorlarda Demultiplikator vazifasini aylantiruvchi momentni kuchaytiradigan planetar reduktor va 7-10 pogonyali uzatmalar qutisi bajaradi. Yuk avtomobillarining uzatmalar qutisidagi beshinchi uzatma ikkilamchi valni tirsakli valga nisbatan 20-27% tez aylantiradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz