Dempfer




Dempfer (nem. Dampfer — soʻndirgich) — 1) mashina va asboblarning ishlashi vaqtida sodir boʻladigan mexanik tebranishlarni yoʻqotadigan, elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni soʻndiradigan qurilma. Avtomat rostlagich va oʻlchash asboblarida gidravlik (kataraktlar) va pnevmatik D.lar keng qoʻllaniladi. Ularda tebranish energiyasi suyuklik (gaz) ning bir kameradan ikkinchi kameraga oqib oʻtishi hisobiga soʻnadi. Elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni yoʻqotish uchun oʻz chulgʻamlaridagi tok maydoni bilan qoʻshimcha chulgamdagi tok maydonining oʻzaro taʼsirida ishlaydigan D. qoʻllaniladi; 2) koʻp torli musiqa asboblarida torlarning tebranishini soʻndiradigan moslama. D. fortepiano va arfada, oʻzbek cholgʻu asboblaridan changda boʻladi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz