DEMPFER
DEMPFER (nemischa Dampfer — so’ndirgich) — 1) mashina va asboblarning ishlashi vaqtida sodir bo’ladigan mexanik tebranishlarni yo’qotadigan, elektr mashina va elektr o’lchash asboblaridagi tebranishlarni so’ndiradigan qurilma. Avtomat rostlagich va o’lchash asboblarida gidravlik (kataraktlar) va pnevmatik Dempferlar keng qo’llaniladi. Ularda tebranish energiyasi suyuklik (gaz) ning bir kameradan ikkinchi kameraga oqib o’tishi hisobiga so’nadi. Elektr mashina va elektr o’lchash asboblaridagi tebranishlarni yo’qotish uchun o’z chulg’amlaridagi tok maydoni bilan qo’shimcha chulgamdagi tok maydonining o’zaro ta’sirida ishlaydigan Dempfer qo’llaniladi; 2) ko’p torli musiqa asboblarida torlarning tebranishini so’ndiradigan moslama. Dempfer fortepiano va Arfada, o’zbek cholg’u asboblaridan changda bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz