DE-MOYN



DE-MOYN — AQShning Markaziy qismidagi shahar. Ayova shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 198,6 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. AQShning makkajo’xorikorlik-chorvachilik mintaqasining savdo-moliya markazi. Qishloq xo’jalik mashinasozligi (paxta terish va makkajo’xori o’rish kombaynlari, traktor va boshqalar) rivojlangan. Poligrafiya, metallsozlik, shina va oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet (1881) bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz