DEMOSFEN



DEMOSFEN (Demosthenes) (miloddan avvalgi 384-322) — yunon notig’i, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik kayfiyatdagi guruhning yo’lboshchisi. Notiqlik san’atidan dars bergan, sud mahkamalarida, yig’ilishlarda nutq so’zlagan (61 nutqi, 56 ma’ruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida Afinaning mustaqilligi va Yunoniston polislarining Makedoniyaga qarshi birlashishi uchun kurashgan. Makedoniya podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq so’zlagan (bu nutqlar “filippik” nomi bilan mashhur). Hayotining so’nggida, dushmanlari ta’qibiga uchrab, Afinadan qochgan va zahar ichib o’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz