Demon




Demon (yunoncha: daimon — ruh, xudo) — yovuz, "nopok" kuchlarni gavdalantiruvchi xayoliy mavjudot — shayton, iblis, jin, alvasti va h.k. Iudaizm va xristianlik rivoyatlarida D. gunohga botgan (xudoga itoat qilishdan bosh tortgan) farishtalar deb hisoblangan. Baʼzan Olimp xudolari ham D. deb atalgan. D. odamga bevosita taʼsir qiladi, falokat yuboradi yoki biron-bir halokatli voqealarga olib keluvchi yoʻlga boshlaydi. Shu tarzda yunon mifologiyasida D. koʻp hollarda inson taqdirini hal qilgan qandaydir mavhum ilohiy kuch sifatida tasavvur qilingan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz