DEMON



DEMON (Yunoncha daimon — ruh, Xudo) — yovuz, “nopok” kuchlarni gavdalantiruvchi xayoliy mavjudot — shayton, iblis, jin, alvasti va hokazolar. Iudaizm va xristianlik rivoyatlarida Demon gunohga botgan (Xudoga itoat qilishdan bosh tortgan) farishtalar deb hisoblangan. Ba’zan Olimp xudolari ham Demon deb atalgan. Demon odamga bevosita ta’sir qiladi, falokat yuboradi yoki biron-bir halokatli voqealarga olib keluvchi yo’lga boshlaydi. Shu tarzda yunon mifologiyasida Demon ko’p hollarda inson taqdirini hal qilgan qandaydir mavhum ilohiy kuch sifatida tasavvur qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz