DEMOKRIT



DEMOKRIT (Demokritos) [taxminan miloddan avvalgi 460 — Abderi (Frakiya) — 370] — yunon faylasufi. Atomistik nazariya asoschilaridan biri. Falsafa, mantiq, fizika, matematika, texnika, axloq, musiqa kabi sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bularning ayrim parchalari yetib kelgan. Demokrit ta’limotiga ko’ra, tabiat ob’yektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha narsa va hodisalar bo’linmas zarralar — atomlardan tashkil topgan. Atomlar eng mayda, bo’linmas va o’zgarmas, boqiy, moddiy zarralar bo’lib, fazoda doimo har tomonga harakat qiladi. Zarralarning har xil qo’shiluvidan turli narsalar vujudga kelgan. Hatto odamning joni ham eng nozik xarakatchan atomlardan tashkil topgan. Atomlar hajmi, shakli, tartibi va holati bilan bir-biridan farq qiladi; sifat jihatdan esa bir xil, ya’ni rang, hid, maza kabi sifatlar atomga tegishli bo’lmay, balki sub’yekt sezgi organlari mahsulidir. Atomlar bilan bir qatorda bo’shliq mavjud. Atomlar harakati tasodifiy bo’lmay, muayyan qonuniyatlarga bo’ysungan holda bo’shliqsa sodir bo’ladi. Harakatni materiyadan ajratish mumkin emas. Atomlar harakatining vaqt nuqtai nazaridan boshi yo’q, u abadiy. Demokrit olam cheksiz va abadiy, dunyolar vujudga kelib, yo’q bo’lib turadi, jon ham moddiy va tana bilan birga o’ladi degan fikrlarni ilgari surdi. Bilish nazariyasida Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidladi, bilish jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko’rsatdi. Uningcha, sezgilarimiz (ko’rish, eshitish, maza bilish va boshqalar) orqali olingan bilim “qorong’i”, u olamning mohiyatini ochib bera olmaydi. Aql orqali olingan bilim “yorug'”, haqiqiy bilimdir. Bu yerda Demokrit hodisa va mohiyatni tushuna boshlagani, hissiy bilish bilan abstrakt tafakkurni farq qila olgani ko’rinib turipti. Lekin, u “yorug'” bilishni “qorong’i” bilishdan ajratib qo’ygan. Demokritning bu fikri J. Lokk tomonidan ilgari surilgan narsalarning birlamchi va ikkilamchi sifati to’g’risidagi ta’limotning kurtagi edi. Demokrit etikada ataraksiya ta’limotini rivojlantirdi. Demokrit ilgari surgan g’oyalar uzoq yillar davomida fan va falsafa rivojiga ta’sir ko’rsatdi. Abdulla Ayupov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Demokrit qadimgi yunon faylasufi bo‘lib, u eramizdan avvalgi 460–370 yillar oralig‘ida yashagan. U atom nazariyasining asoschisi sifatida tanilgan. Demokrit tabiat va modda tuzilishini o‘rganishda muhim qadamlar qo‘ygan, uning nazariyasiga ko‘ra, barcha moddalar juda kichik, bo‘linmas va doimiy bo‘lgan zarrachalardan — atomlardan tashkil topgan.

Demokritning asosiy g‘oyalari:

  1. Atomlar nazariyasi: Demokrit modda atomlardan tashkil topganligini, atomlar bo‘linmasligi va uzluksiz harakatda ekanligini ta’kidladi. U fikricha, atomlar turli shakl va o‘lchamlarga ega, bu ularning tabiati va moddalar xossalarini belgilaydi.

  2. Bo‘linmaslik: Atomlar bo‘linmas va o‘zgarmas bo‘lib, ular orasidagi bo‘shliq (bo‘shliq yoki vakuum) mavjud. Shu bo‘shliq sabab atomlar harakat qila oladi.

  3. Moddaning xossalari: Demokrit atomlarning shakli, kattaligi va tartibiga qarab moddaning turli xossalari yuzaga kelishini ta’kidladi. Masalan, qattiqlik, rang, ta’m kabi xususiyatlar atomlarning tartib va shakliga bog‘liq.

  4. Bilim va sezgi: U bilishga ikkita yo‘l borligini aytgan: sezgi (tajriba asosida olingan ma’lumotlar) va aql (fikrlash va mulohaza). Sezgi ko‘p hollarda xatolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun aqlni yuqori baholagan.

Demokritning atom nazariyasi ko‘p asrlar davomida e’tibordan chetda qolgan, lekin keyinchalik, ayniqsa 19-asrda moddaning atom tuzilishi haqidagi ilmiy kashfiyotlar bilan qayta yorqinlashdi. U ilm-fan tarixida moddani tubdan o‘rganishga asos solgan buyuk faylasoflardan biri sifatida hisoblanadi.

Shuningdek, Demokrit etik va falsafiy qarashlari ham mashhur bo‘lib, u odamlar baxti va axloqiy qadriyatlar haqida fikr yuritgan. Uning qarashlariga ko‘ra, hayotdagi eng katta maqsad - ichki tinchlik va muvozanatga erishish, baxtni topishdir.

Umuman olganda, Demokrit tabiatshunoslik, falsafa va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma sifatida qadrlanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz