DEMODULYATOR



DEMODULYATOR (de… va modulyatsiya) — yuqori chastotali signallarni tok yoki kuchlanishga aylantirib beradigan moslama; radiopriyomnik yoki simli aloqa qabul qilgichining muhim uzeli. Demodulyatorda modulyatsiyalovchi chastotalar hosil bo’lish uchun unda nochiziqli elektr zanjiri yoki parametrlari o’zgaruvchan zanjir bo’lishi kerak. Nochiziqli element sifatida lampali yoki yarimo’tkazgichli diod yoki triod qo’llaniladi. Triod o’rniga pentod ishlatish ham mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz