Demodam yurishi




Demodam yurishi — salavkiylardan Salavk I va Antiox sarkardasi Demodamning Sirdaryo ortidagi yerlarga yurishi (mil. av. taxminan 300-yil). Iskandar Zulkarnayn va uning qoʻshini Sirdaryoni Yevropadagi Tanais d. (Don) deb oʻylashgan, qadimda bu daryo Yevropani Osiyodan ajratib turuvchi chegara sanalgan. Salavk I oʻzining Osiyodagi mulklarini kengaytirish niyatida razvedka maqsadida Demodamni Sirdaryo ortiga harbiy safarga joʻnatgan. Tarixchilarning yozishicha, D.yu. natijasida Sirdaryo ortida koʻplab yirik qabilalar: saklar, massagetlar, daylar, issedonlar, ariaklar, rimniklar, peziklar, amardlar, istlar, yedonlar, qanlar, kaniaklar, yevharlar, katiarlar, antuisianlar, psaklar, arimasplar, antakatlar, xroazarlar, oyklar, napeylar, paleylar kabilar yashashi maʼlum boʻlgan. Daryoni mahalliy aholi Silis deb atashgan, aholining turmush tarzi parfyanlarnikiga oʻxshash boʻlgan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz