Demitas




Demitas yoki dmitas yoki demitasse (fransuzcha: demi-tasse — yarim chashka), — turk qahvasi, espresso yoki ristretto tortish uchun moʻljallangan kichik chashka; turk qahvasi tayyorlashda hajm standarti.

Bunday chashkalar, koʻpincha, kichik qahva qoshiqlari va likopchalar bilan ishlatiladi. Tayyor ichimlikni berishdan oldin chashka odatda isitiladi.

Tavsifi



Demitas — hajmi 60-90 millilitr boʻlgan qalin devorli chashka, bu anʼanaviy qahva chashka hajmining yarmiga teng. Koʻpgina hollarda, chashka shakli teskari kesilgan konusga oʻxshaydi, lekin uning ichi tuxum shaklidagi shaklidadir. Devori qalinligi va idish tubi diametrining kamayib borishi ichimlik haroratini uzoqroq saqlashga imkon beradi.

Odatda, bu turdagi chashkalar chinnidan tayyorlanadi. Biroq ularni ishlab chiqarish uchun shisha, keramika yoki zanglamaydigan poʻlatdan ham foydalanish mumkin.

Demitasning ikkinchi turi — metall gardishli shishadan yasalgan stakanlar.

Kapuchino tortish uchun alohida turdagi demitaslar mavjud boʻlib, u katta hajmga ega — taxminan 150 mililitr.

Kolleksiyalash



Demitaslar kolleksiya buyumi sifatida xizmat qilishi mumkin. Ushbu chashkalarning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan 650 donadan iborat eng katta kolleksiyasi Avstraliyaning Ipsvich shahrida joylashgan. Kolleksiya Ipsvich meri Pol Pisasale (inglizcha: Paul Pisasale) tomonidan toʻplangan va 1993-yildan beri Ipsvich shahar kengashida turibdi.

Manbalar




Adabiyotlarr




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz