DEMILITARIZATSIYA
DEMILITARIZATSIYA (de… va lotincha militaris — harbiy) — xalqaro huquqda biror xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yo’qotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiklash. To’la Demilitarizatsiya (Antarktida, Aland arxipelagi, osmon jismlari, shu jumladan oy va boshqalar) va qisman Demilitarizatsiya (masalan, yadrosiz zonalar tashkil etish) farq qilinadi. “Demilitarizatsiya” atamasi ba’zida birmuncha keng ma’noda ishlatiladi (masalan, iqtisodiyotni Demilitarizatsiyalash).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz