DEMIDENKO NINA MIXAYLOVNA



DEMIDENKO NINA MIXAYLOVNA (1925.19.12, Bishkek) — gigienist, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976), tibbiyot fanlari Doktori (1970), professor (1971). ToshTIni tugatgan (1949). Shu institut mehnat gigienasi kafedrasi assistenti (1954-61), dotsenti (1962-67), mudiri (1967-1990, 1990 yildan 2-ToshTIda), 1992 yildan professor- konsultant. O’lka gigienasi va mehnat fiziologiyasi, pestisidlar gigienasi va toksikologiyasi muammolari ustida tadqiqotlar olib borgan. “Shuhrat” medali (1994) bilan taqdirlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz