Demi Stokes




Demi Lee Courtney Stokes (1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Manchester Siti va Angliya terma jamoasida oʻynaydi. U ilgari Angliya FA Ayollar Premer-ligasida " Sanderlend " sharafini himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi



Stokes 8 yoshida " Sanderlend " yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan va 16 yoshida asosiy jamoada oʻynay boshlagan U 2008-09-yillarda Angliya Premer-ligasining Shimoliy divizionida gʻolib chiqqan va 2009-yilgi Angliya Kubogi finalida "Arsenal"ga 2:1 hisobida yutqazgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. U 2011-yilda Janubiy Florida universitetida oʻqish uchun toʻrt yillik stipendiya yutib oladi
2012-yilda Stokes Vankuver Whitecaps tarkibida Shimoliy Amerika W-ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazdi.

2015-yilning yanvarida Stokes «Manchester City» bilan 3 yillik professional shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyera



Angliya



2009-yil iyul oyida Stokes 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi va 2009-yilda Belarussiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etib Shvetsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. 2010-yilda u Angliya terma jamoasiga Makedoniyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2010-yilgi UEFA chempionati finaliga chiqishga yordam berdi va u yerda Fransiyadn magʻlubiyatga uchrashdi. Oʻsha yozda Stokes Germaniyada boʻlib oʻtgan 2010-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliyaning uchta oʻyinidan ikkitasini asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Yangi tayinlangan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Sampson Stokesni 2014-yilning 17-yanvarida Norvegiyaga qarshi oʻyinni oʻz ichiga olgan La Mangadagi yillik yigʻin uchun 30 futbolchidan iborat tarkibga kiritdi U Norvegiya bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda asosiy tarkibda chap qanotda boshladi va oʻzining birinchi kattalar terma jamoasida gʻalabaga erishdi. 2014-yil aprel oyida u Angliyaning Brighton and Hove shahridagi Falmer stadionida Chernogoriyani 9:0 hisobida magʻlub etgan jamoa tarkibida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Stokes 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya terma jamoasidan chaqiruv olmadi. U keyingi UEFA Ayollar Yevro-2017 saralash bosqichi uchun tarkibga qayta jalb qilindi.


2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati

Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Stokes Angliyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida asosoiy tarkibda maydonga tushib chap qanotda oʻynadi va Angliyaga 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Stokes Norvegiyaga qarshi chorak finalda ham oʻynadi va Angliya Norvegiyani 3:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi.

Xalqaro maydondagi gollar

Buyuk Britaniya



2013-yil iyul oyida Stokes Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yozgi Universiada oʻyinlarida Buyuk Britaniyaga oltin medal olib kelishga oʻz xissasini qoʻshdi. 2021-yil 27-may kuni Stokes 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun Buyuk Britaniya ayollar olimpiya futbol jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi.

Shaxsiy hayoti



Stokes Geytsxed kollejiga boradi, shu sababli u hali ham futbol oʻynab, oʻqishni davom ettirmoqda.

Karyera statistikasi



Xalqaro




Yutuqlar



Klub



Manchester City

Xalqaro



Angliya

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz