DEMETRIY I
DEMETRIY I — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (miloddan avvalgi taxminan 189 yil — taxminan 167 yil). Uning davrida saltanat nihoyatda kuchaygan. Demetriy I hozirgi Afg’oniston va shimoliy-G’arbiy Hindistondagi bir qancha viloyatlarni bosib olgan. Shimoliy- G’arbiy Hindistonda poytaxt shahar qurdirgan, zarb ettirgan tangalarida o’zini “hindlar podshosi” deb atagan. Miloddan avvalgi taxminan 175 yil Baqtriyada Demetriy I ga qarshi Evkratid isyon ko’targan. Demetriy I u bilan kurashda halok bo’lgan, podsholigi esa parchalanib ketgan. Saltanatning Hindistondagi qismiga Demetriy I ning sarkardasi Menandr podshoh bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz