DEMETRA — yunon mifologiyasida dastlab hosildorlik, dehqonchilik, keyinchalik nikoh va oilaviy hayot ma’budasi. Kronos va Reyaning qizi, Zevening singlisi, Persefonaning onasi. Demetra odamlarga bug’doy boshog’ini sovg’a qilgan va ularni dehqonchilikka o’rgatgan. Yer osti saltanati xudosi Aid Persefonani o’g’irlab ketganda Demetra g’azablangan va yer hosil bermay qo’ygan, ocharchilik boshlangan. Shunda Zevs Persefonaga yarim yil yerda onasi bilan, yarim yil u dunyoda Aid bilan bo’lishni buyurgan. Bu afsonada o’simlik dunyosining har yili xazon bo’lishi va yangidan uyg’onishi jarayoni aks etgan. Demetra rimliklar mifologiyasidagi Tseraraga mos keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish